# Entropiya

By [Suhrob Fozilov](https://paragraph.com/@suhrob-fozilov) · 2023-01-15

---

**Entropiya** ([grekcha](https://uz.wikipedia.org/wiki/Grek_tili): _τροπή_ — aylanish, oʻzgarish):

1) termodinamikada — har qanday termodinamik tizimning holat funksiyalaridan biri. Oʻz holiga qoʻyilgan (tashqi kuch taʼsir etmayotgan) berk tizimda jarayon qaysi yoʻnalishda sodir boʻlishini ifodalaydi. [Termodinamikaning](https://uz.wikipedia.org/wiki/Termodinamika) II qonuni jarayonlarning yoʻnalishini avvaldan aytib berish imkoniga ega emas. Bu qonunni taʼriflagan [Rudolf Clausius](https://uz.wikipedia.org/wiki/Rudolf_Clausius) 1865-yilda jarayonlarning bir tomonlama kechishiga olib keluvchi cheklashni tahlil qilib, 8 funksiyani kiritdi va uni entropiya deb atadi; 2) statik fizikada — tizim holatining termodinamik ehtimolini ifodalovchi kattalik.

Entropiyaning xossalari: 1) tajriba natijasi toʻgʻri boʻlsa, yaʼni R larda birontasi birga, qolganlari nolga teng boʻlsa, noaniqlik oʻlchami — entropiya ham nolga teng boʻladi; 2) tajriba natijalari teng ehtimolli boʻlsa, entropiya maksimal qiymatga ega boʻladi; 3) bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki tajriba entropiyasi ularning entropiyalari yigʻindisiga teng.

---

*Originally published on [Suhrob Fozilov](https://paragraph.com/@suhrob-fozilov/entropiya)*
